YHQ, 30.10.2026 tahriri

Pravaga birinchi urinishda.

YHQ biletlari, haqiqiy imtihon va 3D avtodrom. Bepul yuklab oling, reklamasiz va internetsiz mashq qiling.

Roʻyxatdan oʻtmasdan boshlang.

1 dan 3 gacha biletlar va avtodromda 15 daqiqa bepul. Toʻliq kirish kunlab, kerakli muddatga.

Mashq boʻlimi: marafon, xatolar, saqlangan savollar va biletlar roʻyxati
Prava Mashq bosh ekrani: tayyorlik foizi, oʻtish ehtimoli va bugungi maqsad
  • 300+tekshirilgan savol
  • 297yoʻl belgisi
  • 12avtodrom mashqi
  • 3til va alifbo

Haqiqiy imtihon

Imtihondagidek sinab koʻring.

20 savol, 25 daqiqa. Oʻtish uchun 18 ta toʻgʻri javob kerak. Natija va xatolaringiz darhol koʻrinadi.

  • 20 savol
  • 25 daqiqa
  • 18 ta toʻgʻri
Imtihon natijasi: 20 savoldan 19 tasi toʻgʻri, oʻtdingiz

Mashq

Xatolar ustida ishlang.

Biletlar, mavzular, xatolar, saqlangan savollar va marafon. Statistika imtihondan oʻtish ehtimolini koʻrsatadi.

  • Biletlar
  • Mavzular
  • Xatolar
  • Saqlanganlar
  • Marafon
  • Statistika
  • Video darslar: tez kunda
Mashq boʻlimi: marafon, xatolar, saqlangan savollar va biletlar roʻyxati

3D avtodrom

Avtodromga borishdan oldin haydab koʻring.

Cobalt kabinasidan amaliy imtihonning 12 mashqi. Xato qilsangiz, jarima balli nima uchun ekani bilan darhol koʻrinadi.

  • Harakatni boshlash
  • Piyodalar oʻtish joyi
  • Estakada
  • 90 gradusli burilish
  • Boksga kirish
  • va yana 7 ta

Telefonni yonboshlatib ushlang.

3D avtodrom: Cobalt kabinasidan koʻrinish
3D avtodrom: piyodalar oʻtish joyi va jarima ballari
3D avtodrom: estakada mashqi
3D avtodrom: temir yoʻl kesishmasi

Yoʻl belgilari

297 yoʻl belgisi, maʼnosi bilan.

Imtihonda chalkashmaslik uchun belgilarni oldindan oʻrganing.

  • 1.1 Shlagbaumli temir yoʻl kesishmasiShlagbaumli temir yoʻl kesishmasi
  • 2.1 Asosiy yoʻlAsosiy yoʻl
  • 2.5 Toʻxtamasdan harakatlanish taqiqlanganToʻxtamasdan harakatlanish taqiqlangan
  • 3.1 Kirish taqiqlanganKirish taqiqlangan
  • 3.20 Quvib oʻtish taqiqlanganQuvib oʻtish taqiqlangan
  • 3.24 Yuqori tezlik cheklanganYuqori tezlik cheklangan
  • 4.1.1 Harakatlanish toʻgʻrigaHarakatlanish toʻgʻriga
  • 5.15.1 Pullik toʻxtab turish joyiPullik toʻxtab turish joyi

Ilovada yana 289 ta

Qanday ishlaydi

Uch qadam.

  1. 1

    Oching

    Roʻyxatdan oʻtmasdan boshlang. Tilni va alifboni tanlang.

  2. 2

    Mashq qiling

    Bepul biletlar va avtodrom mashqlaridan boshlang.

  3. 3

    Kerakli kunlarni oching

    Tayyor boʻlsangiz, imtihongacha kerakli kun soniga toʻlang.

Pul masalasi

Qayta topshirish 1,6 mln soʻm turadi.

Imtihonning oʻzi 1,5 mln soʻm. 30 kunlik kirish esa 25 000 soʻm. Avval bepul qismini sinab koʻring.

Imtihon
1,5 mln soʻm
Qayta topshirish
1,6 mln soʻm

2026-yil noyabr holatiga. Manba: spot.uz. Narxlarni rasmiy manbadan tekshiring.

Narx

Bepul boshlang. Keyin faqat kerakli kunlar uchun toʻlang.

Kirish kunlab sotiladi. Avtomatik yechish yoʻq: toʻlov faqat sizning buyrugʻingiz bilan.

Qancha uzoqqa olsangiz, kuniga shuncha arzon.

  • 7 kun

    10 500 soʻm

    kuniga 1 500 soʻm

  • Eng qulay

    30 kun

    45 000 soʻm−44%

    25 000 soʻm

    kuniga 833 soʻm

  • 90 kun

    135 000 soʻm−64%

    48 500 soʻm

    kuniga 539 soʻm

1 dan 3 gacha biletlar va avtodromda 15 daqiqa bepul.

Necha kun kerak?

30 kun25 000 soʻmkuniga 833 soʻm7 kunlikka nisbatan 44% tejaysiz: 20 000 soʻm
Toʻlov usullari
  • Uzcard
  • Humo
  • Payme
  • Click
  • Uzum
Rahmat PAY orqali

Savollar

Koʻp soʻraladigan savollar.

Prava testlari 2026 yangi savollarmi?

Ha. Savollar yoʻl harakati qoidalarining 2026-yil 30-oktabr tahriri asosida yozilgan. Qoidalar matni lex.uz saytidagi ochiq nashrdan olingan, savollar va izohlar bizning oʻz ishimiz. Ilova rasmiy imtihon bazasining nusxasi emas.

Imtihonda nechta savol boʻladi?

Nazariy imtihonda 20 ta savol va 25 daqiqa vaqt beriladi. Oʻtish uchun 18 ta toʻgʻri javob kerak. Ilovadagi haqiqiy imtihon rejimi shu tartibda ishlaydi.

Internetsiz ishlaydimi?

Ha. Mashq qilish uchun internet shart emas. Internet faqat hisobga kirish, sinxronlash va xato xabarini yuborish uchun kerak.

Avtodrom simulyatori nima beradi?

Amaliy imtihonning 12 mashqini Cobalt kabinasidan 3D muhitda mashq qilasiz. Xatolar uchun jarima ballari beriladi va nima uchun ekani darhol koʻrinadi. Haqiqiy avtodromni almashtirmaydi, lekin unga tayyor borishga yordam beradi.

Pullikmi?

Ilovani bepul yuklab olasiz va bepul qismidan boshlaysiz: 1 dan 3 gacha biletlar va avtodromda 15 daqiqa. Toʻliq kirish kunlab sotiladi: 7 kun 10 500 soʻm, 30 kun 25 000 soʻm, 90 kun 48 500 soʻm, istalgan kun soni 1 dan 180 kungacha. Avtomatik yechish yoʻq. Reklama yoʻq.

Kirill yozuvida bormi?

Ha. Oʻzbek lotin, oʻzbek kirill va rus tillari bor. Tilni istalgan payt almashtirish mumkin.

Hisob kerakmi?

Mashqni hisobsiz boshlash mumkin. Tarifni va natijalaringizni qurilmalar orasida saqlash uchun hisob ochiladi: Apple yoki Google orqali kirasiz.

Bu rasmiy ilovami?

Yoʻq. Prava Mashq mustaqil oʻquv ilovasi va hech qanday davlat organi bilan bogʻliq emas.

Birinchi urinishda oʻting.

Bepul yuklab oling va mashqni boshlang.

1 dan 3 gacha biletlar va avtodromda 15 daqiqa bepul. Toʻliq kirish kunlab, kerakli muddatga.